Shahrisabzning tarixiy markazi

3469

Shahrisabzning tarixiy markazida qadimgi shaharga tegishli turli xil meʼmorchilik yodgorliklari shahar tarixining dalili sifatida saqlanib qolgan. Ular orasida Oqsaroy va Ko‘k Gumbaz masjidini ajratib ko‘rsatish mumkin.

Shahrisabz shahrining timsoli Oqsaroy saroyi - 14-15 asrlarda Amir Temur buyrug‘i bilan qurilgan. Saroyning ko‘lami ajoyib bo‘lgan, faqat ichki saroyning o‘zi 125 ga 250 metrgacha bo‘lgan katta maydonni egallagan. Bugungi kunda saroydan faqat Samarqand shahriga qaratib qurilgan, balandligi 40 metrga yetadigan asosiy darvoza saqlanib qolgan. Darvozaning tashqi qismini bezab turgan mozaika o‘zining xilma-xilligi bilan ulkan geometrik naqshlarni hosil qilib insonni hayratga soladi va bu esa o‘z navbatida eshikka sirli nomaʼlumlikni beradi. Shuningdek, bu yerda Qurʼon oyatlaridan namunalarni ko‘rish mumkin. Markazda qurilish sanasi ko‘rsatilgan – 798 yil (1395-1396 yy.). Bu beqiyos yodgorlikning buyukligini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish uchun tashrif buyurishga arziydi.

Darvozadan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda Ko‘k Gumbaz masjidi joylashgan. Bu Shahrisabzdagi eng katta masjid bo‘lib, u XV asrda Dor-ut tilovat memorial majmuasida qurilgan. U hukmdor Mirzo Ulug‘bekning buyrug‘iga asosan bunyod qilingan. Bu yerda turli xil yozuvlarni, Qurʼondan oyat parchalarni ko‘rish mumkin. Masjidning ichki qismida “Qudrat Ollohga tegishlidir” degan yozuv bor, tashqi qismida esa yorug‘likka yo‘naltirilgan chuqur tokchalar mavjud.


Xarita

Onlayn sayohat

 

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring