Foto va Video

Shashka sporti bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi

16.09.2021 1196

2021-yilning 17-23-sentabr kunlari Namangan viloyatida sportning shashka bo‘yicha bolalar va o‘smirlar ixtisoslashtirilgan sport maktablari o‘quvchilari ishtirokida O‘zbekiston chempionati o‘tkazilmoqda.

5-marotaba o‘tkazilayotgan musobaqa 120 ga yaqin sportchi yoshlarni qamrab olgan holda shashka sporti bo‘yicha jamoaviy o‘yinlarni rivojlantirish, ushbu sport bo‘yicha mahoratli yoshlarni tayyorlash va kelgusi musobaqalarda faxrli o‘rinlarni egallash maqsad qilingan.

Musobaqa 3 yo‘nalishda: Blitz, Rapid, Klassik shashka bo‘yicha 7 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan yosh sportchilarni o‘ziga jalb qilmoqda.

10 kishilik jamoa tarzida, har bir guruh tarkibida 5 nafardan yigit qizlar birinchilik uchun kurash olib borishadi.

Turizm va sport vazirligi bilan hamkorlikda Sport o‘yinlari bo‘yicha Respublika oliy sport maktabi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan musobaqada munosib sovrinlar va diplomlar yosh sport ustalarini kutmoqda.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing