Bugun Toshkent shahrida O‘zbekistonlik birinchi xalqaro grossmeyster G.T. Agzamov xotirasiga bag‘ishlangan 14-xalqaro turnirning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Turnirning ochilish marosimida O‘zbekiston respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari- Turizm va sport vaziri shu bilan bir qatorda Shaxmat federatsiyasi raisi Aziz Abduhakimov va 17-Jahon chempioni Rustam Qosimjonovlar so‘zga chiqib shaxmat sportining yurtimizda yanada rivojlanib borayotganini o‘z nutqlarida ta’kidlab o‘tdilar va musobaqa ishtirokchilariga omad tilab ochilish marosimini rasman shaxmat taxtasida donalarni yurgan holda musobaqaga start berildi.
“Shaxmat sporti musobaqalari bundan buyon viloyatlarlararo bosqichda tashkil etiladi, hududlarda shaxmat sporti bo‘yicha yangi tashkil etilishi rejalashtirilayotgan shaxmat klublari va maktablarini ochish va ularni faoliyatiga ko‘maklashishda hududiy Turizm va sport vazirligining boshqarmalari yordamga tayyor” deb ta’kidladi o‘z so‘zida Aziz Abduxakimov
Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi jami 25 000 AQSH dollarini tashkil etib, shveysarcha tizim bo‘yicha 9 turda ikkita guruxda – 1800 va undan yuqori reytingdagi asosiy “A” guruhida va 1800 dan past bo‘lgan ishtirokchilar uchun “B” guruhida o‘tkaziladi.
Musobaqaning bosh hakami sifatida Xusan Turdialiyev tayinlangan bo‘lib, u bilan bir qatorda Rossiya, Eron, Tojikiston davlatlaridan hakamlari ishtirok etish istagini bildirganlar. Yosh shaxmatchilar xalqaro grossmeyster, xalqaro toifadagi sport ustasi va FIDЕ toifasidagi sport ustasi kabi xalqaro unvonlarni qo‘lga kiritish talablarini bajarish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh