Foto va Video

Sina qishlog‘iga “Turizm qishlog‘i” maqomi berildi

04.11.2024 134

Surxondaryo viloyati Denov tumani Sina qishlog‘iga “Turizm qishlog‘i” maqomi berildi.
Sina qishlog‘ida bo‘lib o‘tgan tadbirda Turizm qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Sardor Niyazov, viloyat va tuman hokimliklari rahbariyati, keng jamoatchilik hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

Mehmonlar Sina, Ushor, Sunbula kabi qishloqlar aholisining hayoti, sayyohlik maskanlari, oilaviy mehmon uylari, hududning milliy hunarmandchiligi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Tadbir davomida Sina qishlog‘ida milliy taomlar sayli tashkil etildi. Unda Termiz shahri va tumanlar o‘z hududlariga xos tansiq taomlar ko‘rgazmasi bilan qatnashdilar. Xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan sayyohlar va yurtimizning boshqa hududlaridan kelgan tomoshabinlar milliy taomlarni tayyorlash sirlari bilan tanishdilar.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing