Foto va Video

Sirdaryo viloyatida kurash bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi

1319

2021-yil 27-31-oktabr kunlari Sirdaryo viloyati Guliston shahrida 2008-2009-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi.

Kurash azaldan oʻzbek millati turmush tarzining uzviy qismi boʻlganligini arxeologik topilmalar, tarixiy qoʻlyozmalar tasdiqlaydi. Qadimgi Baqtriya (Oʻzbekiston janubi) hududidan topilgan jez davriga oid silindrsimon sopol idishda ikki polvon va ulardan biri ikkinchisini chalayotgani tasvirlangan. Shu davrga mansub boshqa arxeologik topilmada esa polvonlarning Kurash usullarini namoyish qilayotgani aks ettirilgan.

Kurash — sport turi, belgilangan qoidaga muvofiq ikki sportchining yakkama-yakka olishuvi. Kurashish sanʼati koʻp xalqlarda qadim zamonlardan buyon maʼlum. K. ayniqsa Yunonistonda keng tarqalib, qadimgi olimpiada musobaqalaridan doimiy oʻrin olib kelgan. Milliy kurashning xilma-xil koʻrinishlari Gretsiya, Italiya, Yaponiya, Turkiya, Eron, Afgʻoniston, Rossiya, Oʻzbekiston, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, Qozogʻiston va boshqa mamlakatlarda mavjud. Zamonaviy sport kurashining asosiy qoidalari XVIII asr oxiri — XIX asr boshlarida Yevropaning bir necha mamlakatlarida ishlab chiqildi. 1912-yil Xalqaro havaskorlar kurash federatsiyasi (FILA) tuzildi (hozir unga 144 mamlakat, Oʻzbekiston 1993-yildan aʼzo).

Xalqaro maydonda sport kurashining yunonrum kurashi, erkin kurash, dzyudo, sambo va boshqa turlari keng tarqalgan. Keyingi yillarda oʻzbek kurashi ham alohida kurash turi sifatida dunyo miqyosida tan olina boshlandi. Kurash insonni kuchli, epchil, chidamli va irodali qilib tarbiyalash vositalaridan biri hisoblanadi. Shifokorlar nazorati ostida 12 yoshdan kurash bilan shugullanishga ruxsat etiladi.

Musobaqada yosh yigit va qizlar o‘z yo‘nalishlarida g‘oliblik uchun kurash olib boradilar.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring