Sirdaryoda Bel olish va uch kurash sport turi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tadi

1632

2021-yilning 16-19-dekabr kunlari Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida Bel olish va uch kurash sport turi bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu musobaqa 2001-2003-yillarda tug‘ilgan yosh yigit-qizlar o‘rtasida tashkil etilib, Kubog g‘oliblari 2022-yilgi O‘zbekiston terma jamoasini saralab olish hamda xalqaro musobaqalar ishtirokchilarini tanlab olishga imkon beradi.

Yurtimizning 10 ta viloyatida ushbu sport turi assotsatsiyasiga tegishli hududiy bo‘limlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, O‘zbekiston Kubogi musobaqasida 500 dan ortiq sportchilar ishtirok etishadi.

Sportchilar uchun munosib qimmatbaho yutuqlar va diplomlar tayyorlab qo‘yilgan bo‘lib, bu ularni o‘zigacha ruhlantirib kelgusida yangidan-yangi marralarni zabt etishga chorlaydi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring