Foto va Video

Siz abituriyentmisiz va nufuzli universitetga kirishni istaysizmi?

17.10.2022 665


Respublikamizning davlat oliy ta’lim muassasalari orasida bir yilda ikki marta talabalikka qabul qiluvchi “Ipak yoʻli” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti 2022/2023-oʻquv yili uchun bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga talabalar qabul qilmoqda.

Abituriyentlarni roʻyxatga olish admissions.univ-silkroad.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.

Ariza topshirishning oxirgi kuni — 2022-yil 1-noyabr.

Agar Sizni turizm sohasi qiziqtirsa, kelajakda mazkur sohada oʻz biznesingizni ochmoqchi bo’lsangiz, hoziroq roʻyxatdan oʻting!

Qo'shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin:

+998662406770
+998662408616
+998662406786
+998662408606

Eslatib o'tamiz, “Ipak yoʻli” xalqaro turizm va madaniy meros universitetida ta’lim ingliz tilida olib boriladi, shu sababli qabul jarayonida ingliz tili bo‘yicha yetakchi xalqaro va baholash tizimlarining amaldagi sertifikatlariga, shu jumladan, IELTS bo‘yicha kamida 5,0 ball va undan yuqori, CEFR bo‘yicha kamida B1 va undan yuqori ball bilim darajasi ko‘rsatkichi bilan xalqaro sertifikatlarga, shuningdek, Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan ingliz tilini bilish darajasi (B1 va undan yuqori) to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarning hujjatlari qabul qilinadi.

“Ipak yoʻli” xalqaro turizm va madaniy meros xalqaro universiteti orqali Siz ishonchli kelajakni tanlaysiz!

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing