Foto va Video

“Skandinavcha yurish” bo‘yicha marafoni bo‘lib o‘tdi

1441

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta‘minlash maqsadida Turizm va sport vazirligi tashabbusi hamda bir qator tashkilotlar hamkorligida “Skandinavcha yurish” marafoni tashkil etildi.

Marafonda “Skandinavcha yurish” ixlosmandlari, shuningdek Turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport ta‘lim muasasalarining rahbarlari va trener-metodistlari, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining yengil atletika kafedrasi talabalari, jami 300 nafardan ziyod kishi qatnashdi.


Jumladan, tadbirda Turizm va sport vazirining o‘rinbosari Avazjon Karimov hamda Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi Rustam Shoabdurahmonovlar ham ishtirok etdi.


Ommaviy yurish marafoni 16-oktabr kuni soat 11:00da O‘zbekiston Davlat san‘at muzeyi oldidan start berildi. Unda ishtirokchilar Islom Karimov nomidagi ko‘cha bo‘ylab harakatlanishgan holda "Xalqlar do‘stligi" maydonining orqa tomonida barpo etilgan marra chizig‘i tomon jami 4,6 kilometr masofani bosib o‘tishdi.

Marafon yakunida faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan estalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring