Biz sog‘lom turmush tarzini olib borayapmiz va sizga ham maslahat beramiz!
2020-yil oktabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom turmush tarzini keng joriy etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda 2020-yilning 19-noyabrida Vazirlar Mahkamasining “Sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi, O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi tashabbusi bilan bir qator tashkilotlar bilan birgalikda “Skandinavcha yurish” marafoni tashkil etilmoqda.
Marafon shu yilning 16-oktabr kuni Toshkentdagi Davlat san’at muzeyi oldida soat 10:00 da boshlanadi. Ishtirokchilar Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab harakatlanishni boshlagan holda Xalqlar do‘stligi maydonida tashkil etilgan marra chizig‘igacha boradilar. Masofaning umumiy uzunligi 4,6 kilometrni tashkil etadi.
Ishtirok etish istagida bo‘lganlar Skandinavcha yurish marafonida qatnashishlari mumkin. Buning uchun siz quyidagi raqamlarga murojaat qilishning o‘zi kifoya:
+99897 772-99-96,
+99893 542-99-96 (Umid Rajabov).
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh
Благодарим Вас за организацию такого грандиозного праздника, мы все придём👏👏👏👍👍👍 Клуб Ходи, Ташкент за здоровый образ жизни и за активное долголетие👍👍👍