Eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizning Telegram kanalimizga obuna bo‘ling.
Turizm qo‘mitasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda millionlab obunachilarga ega bo‘lgan skandinaviyalik mashhur blogerlar uchun O‘zbekiston bo‘ylab press-tur tashkil etilmoqda.
Skandinaviya davlatlaridan — Shvetsiya, Norvegiya va Daniya OAV vakillari Jizzax, Samarqand, Buxoro viloyatlari hamda Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylarida bo‘lishmoqda.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — O‘zbekistonning turistik salohiyatini ushbu mamlakatlar auditoriyasiga keng tanishtirish, davlatlar o‘rtasidagi sayyohlik aloqalarini mustahkamlash va O‘zbekistonga xorijiy turistlar oqimini oshirishdan iboratdir.
Mazkur press-tur doirasida mehmonlar Toshkent, Jizzax, Samarqand va Buxoro shaharlarining diqqatga sazovor joylari, tarixiy obidalari, milliy madaniyati, tabiati, sog‘lomlashtirish maskanlari hamda zamonaviy turizm infratuzilmasi bilan yaqindan tanishmoqdalar.
Press-turning har bir a’zosi safar davomida ijtimoiy tarmoqlarga kontentlar joylab boradi hamda yakunlari bo‘yicha Skandinaviya gazeta va jurnallarida maqolalar chop etishni rejalashtirgan.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Sh
Har qanday savol uchun
Izoh