Sky Camp Bo‘stonliq: Toshkent viloyatida birinchi outdor festivali bo’lib o’tdi

19.09.2021 863

2021-yilning 18-19-sentabr kunlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida umummavsumiy Amirsoy tog‘ kurorti va “Chorvoq oromgohi” hududida “Samarqand half marathon” hamda “Zomin Ultra” sport bellashuvlari tashkilotchisi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan shuningdek, Turizm va sport vazirli, Toshkent viloyati va Bo‘stonliq tumani hokimligi bilan hamkorligda “Sky Camp” marafoni tashkillashtirildi.

Marafonning tantanali ochilish marosimini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari va Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov ochib berdi.

“Bunday ommaviy sport tadbirlarini yanada ko‘paytirish va halqimizni sportga bo‘lgan intilishini kuchaytirish, aholini sog‘lom turmush tarziga tayyorlash hamda bu orqali sport turizmini rivojlantirishga kirishdik” dedi o‘z nutqida Aziz Abduhakimov.

100 dan ortiq sportchilarni o‘ziga jalb qilgan ushbu musobaqada 18 yoshdan yuqori barcha sportchilar ushbu sport turlari bo‘yicha kuchlarini sinadilar bular: velomarafon, suzish, yugurish va yoga sporti.

Velomarafon:

-Sky Camp Bike - uzunligi 11 km bo‘lgan tog‘ velopoygasi.

Suzish:

-Sky Camp Swim - Chorvoq suv ombori hududida 1 km va 500 m masofaga suzish.

Yugurish:

Sky Camp Run - tog‘ cho‘qqisiga 4 km (vertikal kilometr) masofaga yugurish.

Yoga va meditatsiya:

Sky Camp Zen - uch xil faollikni birlashtirgan tadbir: yoga, 2 km masofaga yugurish va meditatsiya tashkil qiladi.


Musobaqa yakunida birinchilikni qo‘lga kiritgan sportchilar munosib taqdirlandilar va ular uchun elktro musiqa konsert dasturlari ishtirokchilar uchun tashkil etildi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing