Sport hamma uchun: O‘zbekistonda Parasport festivali bo‘lib o‘tmoqda

284

Bugun, 3 dekabr kuni Toshkent shahrida va mamlakatimizning boshqa hududlarida Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan “Sport barcha uchun” shiori ostida Parasport festivali boshlandi.
Tadbirlar Turizm va sport vazirligi tomonidan O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Festival doirasida respublika bo‘ylab imkoniyati cheklangan bolalar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida har xil sport turlari bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazilib, ularga sovg‘alar, diplom va medallar topshirilmoqda.Festivaldan ko‘zlangan asosiy maqsad paralimpiya sport turlarini ommalashtirish, imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘quvchilarini Xalq ta’limi vazirligi tizimiga keng jalb etish va imkoniyati cheklangan shaxslarning malakasini oshirishdan iborat.
Festival O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-maydagi “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2021-yil 3-4-dekabr kunlari o‘tkaziladi.

Sharxlar

0

O‘z fikringizni qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Kirish orqali siz shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilik bildirasiz

Shuningdek ko‘ring