Foto va Video

“Sport nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida “Gimnastrada” musobaqasi bo‘lib o‘tadi

1375

O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-son Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 735-son qaroriga asosan xotin-qizlar o‘rtasida “Sport nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida “Gimnastrada” (Gimnastika barcha uchun) sport musobaqasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi barcha rudagi korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik subyektlarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkaziladi.

Ushbu musobaqa ikki bosqichda o‘tkaziladi joriy yilning 15-20-noyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiviloyatlar va Toshkent shahridagi tumanlarda faoliyat olib borayotgan tashkilot va korxonalarning sport jamoalari o‘tkaziladi.

2021-yil 25-26-noyabr kunlari Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan vazirlik va respublika tashkilotlari xodimlari o‘rtasida o‘tkaziladi. Musobaqaga har-bir vazirlik va idoralardan bittadan jamoa ishtirok etishiga ruxsat beriladi. Jamoa tarkibi 8 nafar ayol xodimdan iborat bo‘lishi shart.

Musobaqa qoidalari:

Jamoa bitta ixtiyoriy dasturni taqdim etadi;

Dastur vaqti 3-4 daqiqani tashkil etadi;

Jamoa va taqdim etilgan dastur (kompozitsiya) o‘z nomiga ega bo‘ladi;

Dasturga professional sportchilarni jalb qilish taqiqlanadi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring