Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

"SUBLIMATION" FESTIVALI

29.08.2025 184

Dunyo tobora Markaziy Osiyo tomon yuz tutayotgan bir paytda, Oʻzbekistonda ovoz, ijodiy muhit va madaniy identifikatsiyada sokin, ammo sezilarli oʻzgarishlar sodir boʻlmoqda. Sublimation Festival yangi dastur bilan qaytmoqda. Sublimation – bu shunchaki festival emas, balki mintaqaning zamonaviy musiqa va ijodiy sahnasiga boʻlgan tasavvurni oʻzgartirayotgan harakatdir.


 Madaniy trendlar koʻpincha tashqaridan kirib keladigan dunyoda, Sublimation aksincha yoʻlni tanlab, bu yerdan – Oʻzbekistondan tugʻilgan ijodiy energiyani dunyo bilan boʻlishmoqda.

Festival musiqa, ijodiy tashabbuslar va oʻzini ifoda etishning yangi shakllarini izlash kesishmasida vujudga kelgan. Bugun u Oʻzbekistondagi eng eʼtiborga molik madaniy voqealardan biriga aylanishni maqsad qilib, xalqaro hamjamiyatning ham eʼtiborini tortmoqda. Festival asoschilari — madaniy strateg va prodyuser Madina Ishmuradova hamda ijodkor, dastur direktori va musiqa prodyuseri Sabina Inoyatova — ijodkorlar bilan ishlashdagi tajribasini va global ijodiy maydonni koʻrish qobiliyatini birlashtirib, anʼana bilan avangard, lokal bilan globalni uchrashtiruvchi makonni yaratdi.

2025-yilgi mavzu — ilhom.
Festivalning alohida qismi — Boiler Room ishtiroki. Ushbu platforma orqali Nina Kraviz, Peggy Gou, Solomun, Black Coffee, Charli XCX, OFFSET va boshqa koʻplab sanʼatkorlar oʻz faoliyatini boshlab, jahon miqyosida eʼtirofga sazovor boʻlishgan. Bugun Boiler Room translyatsiyalari butun dunyo boʻylab millionlab tomoshabinlarni jalb qilib, mahalliy sahnalar bilan global auditoriya oʻrtasida koʻprik vazifasini oʻtamoqda. Boiler Room’ning Toshkentga qaytishi esa Oʻzbekiston musiqiy energiyasining dunyo xaritasida tobora balandroq yangrayotganidan darak beradi.

Dastur jahon va mahalliy sanʼatkorlarni birlashtiradi: Acid Arab, Kikelomo, Basic Channel, No Plastic bilan bir qatorda Sabinē, Trace, Lola, Bu Qala, Oʻzbekiston Yoshlar Xori va boshqa ijodkorlar ham chiqish qiladi. Sahnalardan biri global musiqa platformasi Boiler Roomga ajratiladi — uning translyatsiyalarini 200 dan ortiq mamlakatlarda millionlab tomoshabinlar kuzatadi. Festivalni Resident Advisor, Dazed, Mixmag kabi xalqaro OAV yoritadi, yil davomida esa Refuge Worldwide media-hamkor sifatida qoʻllab-quvvatlaydi.

Bu yil Sublimation Festival ochiq osmon ostida — “Yunusobod” sport majmuasi kortlarida oʻtkaziladi. Toshkent teleminorasi etagidagi hudud yorugʻlik va multimediali installyatsiyalar, turli tematik sahnalar bilan oʻzgarib, haqiqiy ijodiy maydonga aylanadi.

Bir necha kun davomida teleminora atrofidagi hudud oʻzgarishlarning ramzi va “yorugʻlik manbai”ga aylanadi. Bu yerda musiqa nafas oladi, ritm yurakni toʻldiradi, ijod muhiti esa energiya ulashadi.

Festival kunlarida sanʼatkorlar chiqishlari va ko‘ngilochar tadbirlar bilan bir qatorda, Resident Advisor bilan hamkorlikda musiqa sohasi mutaxassislari va yangi boshlovchilar uchun yopiq taʼlimiy konferensiya ham tashkil etiladi.

Sublimation atmosferasi — bu musiqaning energiyasi, vizual sanʼat, kutilmagan kollaboratsiyalar va Oʻzbekiston uchun unutilmas ahamiyatga ega madaniy voqea markazida ekanligingni his qilishdir.

Sublimation Festival 2025 — ikki kun davomida musiqa, energiya va ilhom!

📅 12–13 sentyabr
📍 Toshkent, SK "Yunusobod"

🎟 Festival chiptalariga 30% chegirma uchun promo-kod: SUBLIMATION25

👉CHIPTA SOTIB OLISH


Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar