Foto va Video

Surxondaryoda birinchi gastronomik festival va milliy taomlar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

19.12.2022 1736

17-dekabr kuni Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida birinchi gastronomik festival va milliy taomlar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.


Surxondaryo – ming yillik tarixga ega zamin, qadimiy qo‘rg‘on va qasrlar, qadimiy va hamisha navqiron Termiz shahri shu kuni mehmonlar va aholiga hudud milliy taomlarining eng sara namunalarini taqdim etish uchun quchog‘ini ochdi.

Surxondaryo viloyati o‘zining betakror taomlari va oshxonasi bilan gastronomik turizmni rivojlantirish uchun qulay hudud hisoblanadi. Boy tarix va madaniyat, ajoyib meʼmoriy va arxeologik yodgorliklar hamda soʻlim tabiat, shifobaxsh suvlarga ega voha butun dunyo sayyohlarida katta qiziqish uygʻotmoqda.

Festival doirasida Surxondaryo viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi xodimlari, Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, turizm yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar o‘z ishlari va loyihalarini taqdim etdilar.

“Bolajon bog‘i” istirohat bog‘idagi ko‘chma sahnada ishtirokchilar tomonidan 20 dan ortiq turli noz-ne’matlar namoyish etildi. Shuningdek, mahalliy hunarmandlar tomonidan viloyat hunarmandlarining mahsulotlari va esdalik sovg‘alari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Birinchi Termiz gastrofestivali doirasida tadbirkorlar, jurnalistlar va blogerlar uchun B2B uchrashuvlari, matbuot anjumani, shuningdek, viloyatdagi mehmonxona va restoranlarga press-tur bo‘lib o‘tdi.

Gastronomiya festivali yakunlariga ko‘ra, “Eng yaxshi dasturxon bezatish” nominatsiyasida Sariosiyo tumani oshpazlari g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar, Qumqo‘rg‘on tumani ikkinchi, Muzrabot tumani esa uchinchi o‘rinni egalladi.

“Milliy taomlarning eng yaxshi turi” Boysun tumani oshpazlari tomonidan taqdim etilgan bo‘lsa, Termiz tumani va Termiz shahri oshpazlari ikkinchi va uchinchi o‘rinlarga sazovor bo‘ldilar.

Festival mamlakatimiz estrada yulduzlarining yorqin konsert dasturi va g‘oliblarni taqdirlash marosimi bilan yakunlandi.


Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing