Foto va Video

Surxondaryoda “Uch avlod” uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi

14.10.2021 973

2021-yilning 12-13-oktabr kunlari Surxondaryo viloyatining turli millat va avlodlarga mansub insonlarini birlashtirgan navbatdagi do‘stlik va mehr bayrami Termiz shahridagi “Muz saroyi”da ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi.


Festivalda davlat va jamoat tashkilotlari, milliy madaniy markazlar vakillari, O‘zbekiston Qahramonlari, turli sohalarda fidokorona mehnat qilib el-yurt hurmatini qozongan nuroniylar, faol yoshlar, Tojikiston va Turkmaniston davlatlarining mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchilari, janob Abdujabbor Rahmonzoda hamda Yazkuli Mammedov, shuningdek, Qozog‘istonning mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi maslahatchisi Kanat Xasenov, Rossiya elchixonasi maslahatchisi Aysa Bokkayevna Mukabenova, Tojikiston elchixonasining savdo attashesi Shaxboz Shoyevlar ishtirok etmoqda.


Tadbir boshida viloyatning sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ko‘rgazmasi namoyish etildi. Shundan so‘ng, tadbir ishtirokchilari e’tiboriga turli millat va elatlarning milliy urf odatlari va madaniyatini o‘zida namoyon etgan sahna ko‘rinishlari va chiqishlari namoyish etildi.

So‘zga chiqqanlar mamlakatimizda 30 iyul Xalqlar do‘stligi kuni etib, belgilangani ko‘pmillatli xalqimizni yagona ahil oila sifatida yanada jipslashtirishga xizmat qilayotganini ta’kidlashdi.

Islohotlar rivoji, taraqqiyot sur’ati avlodlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liq ezgu rishtalarni mustahkamlash bilan chambarchas bog‘liq. Mazkur festivalda ham Surxondaryo viloyatidagi davlat va jamoat arboblari, barcha tarmoqlarda mehnat qilayotgan turli millat vakillari, o‘z sohasida katta yutuqlarga erishgan yoshlar bir safda jamlandi.


El-yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shayotgan uch avlod vakillaridan bir guruhiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Xudaybergenov Tursinxan Aydarovich hamda viloyat hokimi Bobolov To‘ra Abdiyevich tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishonlari topshirildi.


Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing