Surxondaryo viloyatining tog‘li va tog‘ oldi hududlarining mavjud turistik salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Surxondaryo viloyatining tog‘li-rekreatsion hududlarida turizm infratuzilmasini yaxshilash hamda zamonaviy xizmat ko‘rsatish va turizm obyektlarini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Boysun tumani hududidagi umumiy maydoni 220,5 gektar bo‘lgan yer uchastkasida “Omonxona” turistik markazi, Sariosiyo tumani hududidagi umumiy maydoni 615 gektar bo‘lgan yer uchastkasida “Sangardak” turistik markazi, Jarqo‘rg‘on tumani Obihayot mahallasidagi “Oqtepa” suv omborining qirg‘oq bo‘yi hududidagi 110 gektar yer uchastkasida “Obihayot” turistik markazi hamda mazkur turistik markazlarini rivojlantirish va boshqarish uchun davlat muassasasi shaklida Surxondaryo viloyatida turizm infratuzilmasini rivojlantirish va boshqarish direksiyasi tashkil etiladi.
Turistik markazlar hududlarida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan bo‘sh yer uchastkalari elektron onlayn auksion orqali realizatsiya qilinadi.
2025–2027 yillarda xususiy investitsiyalarni jalb qilgan holda mehmonxonalar, oilaviy mehmon uylari, xizmat ko‘rsatish majmualari va dam olish maskanlarini qurish maqsadida bo‘sh yer uchastkalari 10 yil muddatda teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh