Foto va Video

Suzuk Ota majmuasi

7250

Kamtar yigitdan ulug' murshidgacha bo'lgan yo'l

Hazrat Shayx Mustafoqul Xo'ja (Suzuk Ota) 1140-yilda Turkistonning Qorachiq qishlog'ida tug'ilgan bo'lib, Yassaviya tariqati asoschisi Xo'ja Ahmad Yassaviyning nabirasi bo'lganlar. Mustafoqul faylasufning yagona qizi Gavhari Xushtoj va uning turmush o'rtog'i shayx Ahmad al-Qorachiqiyning kenja o'g'lidir. Mustafoqul yoshligida bobosiga sidqidildan Xizmat qilgan, o'ta itoatkor bo'lgan, shuning uchun ham Mustafoqulga nisbatan hamisha Ahmad Yassaviyning nigohi va iltifoti o'zgacha bo'lgan. Bobosi har doim uni ko'rganda xursand bo'lib, mehr bilan “Suzugim – mening qora ko'zligim, xush kelibsan!”, - deb kutib olardi. Shu sababli u xalq orasida Suzuk Ota nomini olgan.

Voyaga etganidan so'ng, Ahmad Al-Qorachiqiy o'g'lini diniy bilim larini egallashi va solih yo'l bilan rizq topishni o'rganishi uchun boshqa mamlakatlarga yuboradi. Mo'min Toshkent mahallalariga tutash tepaliklar va qoyalardan iborat adirga joylashib, bu hududni obodonlashtirishga kirishadi. Afsonaga ko'ra, bir oqsoqol dalada y o s h Mustafoquldan yordam so'raydi, uning evaziga esa to'lov va oziq-ovqat va'da qiladi. Egasi oziqovqat uchun ketgan bir paytda, yigit begona o'tlar bilan qoplangan yerga egilib shunday deydi: “Ekilgani qolsin, begonasi chiqsin!”. Barcha begona o'tlar darhol tuproqdan chiqib, ariqqa tushadi. Uydan chiqqan oqsoqol bunday mo'jizani ko'rib, “Ey Xudo, meni kechir va rahm qil, shu yaxshi yigitda sening qudratingni sezmabman!” – deya xitob qiladi va Mustafoqulning yaktagini o'pa boshlaydi. Ushbu voqea tezda butun mahalla bo'ylab tarqaladi. Ziyoratchilar yigitdan duo so'rab, uning ilmini o'rganish uchun murojaat qila boshlaydilar. Mustafoqul islom ilmi va falsafasini yaxshi bilganligi, o'zidagi mehr-oqibat tuyg'usi va yetakchilik fazilatlari hurmatli rahbarga aylanadi.

Ushbu hududni obodonlashtirgandan so'ng, Shayx otaonasini tinchlantirish va ularga o'z turar joyining manzilini aytish uchun o'z qishlog'iga borishga qaror qiladi. Qaytib, u o'z qishlog'idan hunarmandlar va Qur'onni yod olgan qorilarini taklif qiladi, barchaga boshpana va himoya beradi. Bundan tashqari, u aholini ilm-fan va hunarmandchilik bo'yicha o'qitishni boshlashni buyuradi. Ustalar yetib kelgach, darhol uy-joy, masjid va madrasa qurilishi boshlanadi. Dinning eng muhim masalalari bo‘yicha suhbatlashish uchun uzoq mintaqalardan mudarrislar va talabalar kelib, mo‘minning aqlzakovati va bilimlariga qoyil qolishadi. Shunday qilib, yuzlab talabalarning ustozi Suzuk Ota boy va mazmunli hayot kechirib, toshloq yerlarni gullab-yashnayotgan mahallaga aylantiradi. Suzuk Ota 1217-yilda vafot etadi.

Suzuk Ota majmuasi tarixi

Suzuk Ota majmuasi Toshkent shaharining Shayxontohur tumanida, Chorsu bozori yaqinida joylashgan. Suzuk Ota masjidi va maqbarasining dastlabki qurilishi Amir Temur davriga to'g'ri keladi. 1363-yildagi yurish paytida sarkarda to'satdan kasal bo'lib, davolanish uchun Toshkentda olti oy qoladi. Sog'ayganidan so'ng, u bu hududda masjid va madrasa qurishni buyuradi, chunki bu yerda Sohibqiron buyuk ma'naviy ozuqa olgan edi. Suzuk Ota maqbarasi va masjidi 1364-yilda qurilgan va hozirgi kungacha saqlanib qolgan.

Afsuski, 1936-yilda bolsheviklar boshchiligida masjid va maqbara yopilib, metall buyumlar ishlab chiqarish korxonasiga aylantiriladi. Xonalar o'rniga korxona idorasi va ombor quriladi. Binolarning barcha devorlarini ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan yoqilg'i moyi va ko'mir izlari qoplaydi. Ishlab chiqarish kecha-yu kunduz davom etib, qoldiq zaharli kislota ariqqa tashlanavergach, mahalla aholisining sabr kosasi to'ldi. 1989-yilga kelib, mahalliy aholining doimiy shikoyatlari va talablari tufayli hukumat tomonidan ishlab chiqarish to'xtatiladi.

1990-yildan boshlab masjid va maqbarani tiklash ishlari boshlanadi. Uzoq vaqt davomida shimol tomondagi ayvonlar qayta tiklanib, shuningdek, tahorat xonasi, imomlar xonasi, kutubxona va binoni qo'riqlash joyi quriladi. 1996-yilda musulmonlarning Hayit bayrami paytida masjidda tantanali va'z o'qiladi. Shu yili masjid faoliyati rasmiy ravishda hukumat tomonidan ro'yxatdan o'tkazilib, taqvodor insonlar ixtiyoriga topshiriladi.

Hunarmandchilik markazi

Mahalla aholisi ko'p asrlar davomida o'z mahorati va bilimlarini avloddan-avlodga o'tkazib, otabobolarining ishini davom ettirib kelmoqda. Ushbu hunarmandlar halol mehnat va mahoratlari ortidan o'z oilalarini boqadilar va qadimiy hunarmandchilik san'atini saqlashga hissa qo'shib kelmoqdalar.

Barcha madrasa toliblarining buyuk ustozi Suzuk Ota diniy ta'lim berishdan tashqari, o'z o'quvchilaridan albatta biror bir dunyoviy kasbni egallashni ham talab qilgan. Ushbu majburiyat ularning kelajakdagi farovon oilaviy hayotining kaliti bo'lgan, chunki hunarmandchilik orqali yaxshi daromad topish mumkin edi. Mahallada yashovchi ko'plab hunarmandlar keyinchalik boshqa shaharlarda yashab, ishlay boshladilar va bu mahalla hunarmandlarning birinchi va eng mashhur maskaniga aylandi. O'sha ustalarning avlodlari hanuzgacha Ushbu mahallada yashab, bobolarining hunarini davom ettirmoqda.

Mahalliy ayollar ham o'z kasblariga ega bo'lib, to'quv, kashtachilik va gilam to'qish kabi hunarmandchilik turlarida mohir bo'lganlar. Bundan tashqari, Qadim zamonlardan buyon mahalliy ayollar qizlarining seplarini o'z qo'llari bilan tayyorlab, ularga o'z hunarlarini o'rgatganlar.

2017-yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Suzuk Ota mahallasiga tashrif buyurib, maqbara va masjidni rekonstruksiya qilish, unga tutash hududni obodonlashtirish bo'yicha topshiriqlar bergan. Tarixiy inshootning ta'mirlash ishlari masjid va maqbarani yagona memorial-diniy majmuaga birlashtirishga qaratilgan bo'lgan. Majmuaning atrofidagi maydon yaxshilab tozalanib, avtoturargoh qurib bitkazildi. 2019-yilda barcha ishlar yakunlandi, shu jumladan yodgorlik majmuasi atrofida joylashgan 34 ta ikki qavatli hunarmandlar uylari qurildi. Mohir ustalar bugungi kungacha majmuada ish olib bormoqdalar, ular o'z bilimlari, kasb sirlari va hunarmandchilikning nozik tomonlarini kelajak avlodga yetkazishda davom etmoqdalar.

Xarita



Onlayn sayohat

 

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring