Eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizning Telegram kanalimizga obuna bo‘ling.
Gastronomik turizm va umumiy ovqatlanish sohasidagi tashkilot va kompaniyalar vakillarini 2022-yil 11-avgust kuni “Amirsoy” tog‘-chang‘i mavsumiy oromgohi hududida boʻlib oʻtadigan “Welcome to Bustanlik” xalqaro milliy taomlar festivalida ishtirok etishga taklif etamiz.
Festivalda 6000 dan ortiq mehmonlar, jumladan Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Belarus va MDHning boshqa davlatlaridan 1000 dan ortiq vakillar ishtirok etishi kutilmoqda. Ular orasida: mashhur oshpazlar, restavratorlar, umumiy ovqatlanish korxonalarining boshqaruv xodimlari va boshqalar ishtirok etadilar. Shuningdek, Tadbirda 30 dan ortiq OAV vakillari ham ishtirok etadi.
Ishtirok etish uchun +998994441190 yoki telegram @uzbtravelsupport ga murojaat qiling.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Sh
Har qanday savol uchun
Izoh