Taekwon-do ITF sport turi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tadi

1498

2021-yilning 26-27-noyabr kunlari Toshkent shahrida joylashgan “Saxovat Sport Servis” sport majmuasida yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida Taekwon-do ITF sport turining Massogi yo‘nalishi bo‘yicha 9-gipdan 3-dangacha O‘zbekiston Kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu musobaqada Respublikaning barcha viloyatlaridan 7 yoshdan 39 yoshgacha bo‘lgan 3 mingga yaqin sportchilar ishtirok etib g‘oliblar uchun tayyorlangan 314 ta medallar jamlanmasi uchun baxs olib boradilar.

1991-yilgacha ushbu jang san’ati bilan 3000 ga yaqin sportchi shug‘ullangan, 30 ga yaqin seksiyalar mavjud edi. Li.E., P.A.Usmonovlar xalqaro toifadagi birinchi sport ustalaridan biri. Taekwon-do universal sport turi bo‘lib, o‘z-o‘zini himoya qilish uchun tanadan foydalanish usuli bo‘lib, o‘z-o‘zini himoya qilish uchun eng qulay va ishonchli sport turi hisoblanadi. Bu san’at chuqur tarixiy ildizlarga ega. Taekwon-do mashg‘ulotlari insonning individual qobiliyatlari doirasini sezilarli darajada kengaytiradi, rivojlanishiga hissa qo‘shadi.

Musobaqa o‘tkazishdan maqsad: yurtimizdagi yoshlarni sportga jalb qilish, 2021-yil 11-18-dekabr kunlari Bellorussiya davlatining Minsk shahrida bo‘lib o‘tadigan Jaxon Chempionati musobaqasiga saralash va 2022-yilgi terma jamoa a’zolarini iqtidorli sportchilar bilan shakllantirish orqali olimpiya sport turlariga seleksiya asosida biriktirishdan iborat.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring