Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

“TANDIR FEST” — Boysunda milliy an’analar bayrami bo‘lib o‘tdi

192

Joriy yilning 2-4-may kunlari Surxondaryo viloyatining go‘zal va betakror maskani — Boysun tumanidagi “Boysun bahori” turizm majmuasida ilk bor tashkil etilgan “Tandir Fest” festivali bo‘lib o‘tdi.

Milliy qadriyatlarimizni, boy oshpazlik an’analarimizni, xalq amaliy san’ati va madaniy merosimizni keng targ‘ib etish hamda yurtimizga sayyohlar oqimini ko‘paytirish maqsadida o‘tkazilgan mazkur festivalda Surxondaryo viloyatining 15 ta hududlaridan kelgan oshpazlar vohaning gastronomik turizm salohiyati keng namoyish etdi.

Uch kun davom etgan festivalda mehmonlar uchun mohir oshpazlar ishtirokida “Tandiri go‘shti”ni tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari, milliy an’analar va xalq amaliy san’ati ko‘rgazmalari, madaniy-hunarmandchilik yarmarkalari, havo sharlari uchirish tadbirlari jonli kuy-qo‘shiqlar, folklor jamoalar chiqishlari hamda milliy raqslar namoyishi tashkil etildi.

Festivalning tagtanali yopilish marosimi taniqli san’atkorlar ishtirokidagi galakonsert bilan yakunlandi.

Yana ko'ring