Foto va Video

O‘zbekiston mintaqaviy xalqaro aeroportlariga eng yaxshi nom berishga doir tanlov eʼlon qilinadi

20.08.2020 1051

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Transport vazirligi va "O‘zbekiston aeroportlari" AJ mintaqaviy xalqaro aeroportlarimizga eng yaxshi nom berishga doir tanlov eʼlon qiladi.

Tanlovning maqsadi O‘zbekiston mintaqaviy xalqaro aeroportlariga eng yaxshi nom topish jarayoniga keng jamoatchilikni jalb qilishga yo‘naltirilgan. Toshkent shahar I.Karimov nomli hamda Andijon shahar Zahiriddin Muxammad Bobur nomli aeroportlar bundan mustasnodir.

Mazkur tanlovda ishtirokchining fuqaroligidan qatʼi nazar, 16 yoshdan oshganlar, jumladan, talabalar, ijodkorlar, olimlar, tarixchilar va turizmni rivojlantirish istagida bo‘lgan barcha kishilar ishtirok eta oladi.

Tanlovda ishtirok etish shartlari:

  • Tanlov tartibi va shartlari bilan quyidagi saytlar orqali tanishish mumkin: https://uzbektourism.uz, https://mintrans.uz, https://uzbairports.uz;
  • Nomning noyob versiyasini o‘ylab topish va uning ahamiyatiga izoh berish;
  • Har bir nom loyihasini (o‘zbek, rus va ingliz tillarida) g‘oya tavsifi bilan tanlov@uzbektourism.uz elektron manzilga yuborish;
  • Tanlov eʼlon qilingan kundan ikki oy o‘tgach, vazirliklar, idoralar va jamoatchilik vakillari va taniqli tarixchilardan iborat Komissiya kelib tushgan takliflar orasidan har bir aeroport uchun 5 tadan loyiha tanlab oladi. Ushbu loyihalar ikki oy muddatga onlayn ovoz berish uchun https://uzbektourism.uz veb-saytiga joylashtiriladi.

Onlayn ovoz berish natijalari bo‘yicha g‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Transport vazirligi va "O‘zbekiston aeroportlari" AJning rasmiy saytlarida eʼlon qilinadi.

Komissiya eng yaxshi loyihalarni tanlashda quyidagi mezonlarga tayanadi:

  • nomning o‘ziga xosliligi va jozibadorligi;
  • nomning aeroport joylashgan hududlar salohiyati (tarixiy, madaniy, tabiiy va boshqalar) bilan uyg‘unashuvi;
  • muallifning etika va til madaniyatiga rioya qilishi (haqoratlovchi yoki shaʼnga teguvchi so‘zlar bo‘lmasligi hamda ushbu nom salbiy taassurot uyg‘otmasligi lozim).
  • universallik va ixchamlik.

Takliflar faqat onlayn tarzda qabul qilinadi. Loyihalar ishtirokchining shaxsiy maʼlumotlari (to‘liq ismi sharifi, yoshi, ish faoliyati, yashash joyi, telefon raqami), aeroport nomlari bo‘yicha taklifi, shuningdek g‘oya tavsifi va hudud uchun ahamiyati haqidagi izoh bilan birga taqdim etiladi. Tanlov uchun taqdim etilgan takliflar (nomlar, uning variantlari va izohlar) mualliflarga qaytarilmaydi.

Materiallar tanlov@uzbektourism.uz elektron manzilga yuborilayotganda “mavzu” ustuniga “Aeroport nomi” deb yozish lozim.

Tanlovda ishtirok etish, g‘olib bo‘lgan taqdirda, taqdim etilgan nom variantini qo‘llashga doir mutlaq huquqni tanlov ishtirokchilariga avtomatik ravishda taqdim etishni ko‘zda tutadi.

Tanlov uchun materiallar 2020 yilning 20 avgustidan 20 oktyabriga qadar qabul qilinadi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing