Foto va Video

Temirbek Jurgenov nomidagi Qozog‘iston milliy sanʼat akademiyasi bilan hamkorlik shartnoma imzolandi

25.03.2023 463

Butunrossiya davlat kinematografiya institutining Toshkent shahridagi filiali (VGIK) va Qozog‘istonning Temirbek Jurgenov nomidagi Qozog‘iston milliy sanʼat akademiyasi o‘rtasida strategik hamkorlik shartnoma imzolandi. O‘zbekiston Kinematogarfiya agentligi direktori F.Abduxalikovning Qozog‘istonning Olma-ota shahrida bo‘lib o‘tgan XVI “Yevroosiyo” (“Eurasia international film festival”) xalqaro kinofestivaliga tashrifi doirasida erishilgan ushbu kelishuv har ikki tomon uchun manfaatli bo‘ladi.

Mazkur hujjat asosida Markaziy Osiyodagi ijodiy oliy taʼlim muassasalari doirasida alyansini tuzish rejalashtirilmoqda va shu orqali mintaqaviy hamkorlik va badiiy taʼlim tarmog‘ini rivojlanish.

Maʼlumot uchun, Temirbek Jurgenov nomidagi Qozog‘iston milliy sanʼat akademiyasi eng yaxshi taʼlim muassasasi sifatida Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 5 iyuldagi Farmoni asosida “Milliy oliygoh” statusga ega, mamlakatda birinchi bo‘lib Yevropa rektorlar assotsiatsiyasi CRE aʼzoligiga qabul qilingan.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing