Tennis kortlari

354

O‘zbekiston hududidagi birinchi tennis korti olis 1903-yilda Toshkentda paydo bo‘lgan. Ushbu maydoncha kasb-hunar maktabi o‘qituvchilaridan biri Van Drachek tashabbusi bilan qurilgan. O‘shandan beri ushbu ezgu sport turini rivojlantirish boshlandi. O‘tgan yillar davomida tennis ko‘plab o‘zbekistonliklarning qalbidan joy oldi, 2001-yilda hattoki O‘zbekiston kubogi tashkil etildi. Hozirgi kunda Respublikamizning deyarli barcha yirik shaharlarida professional tennis klublari va yaxshi jihozlangan kortlarni uchratish mumkin.

 Birgina Toshkentning o‘zida ulardan 9 tasi bor. O‘zbekistonning kuchli tennischilar uchligiga Denis Istomin, Xumoyun Sultonov va Sanjar Fayziev kiradi. Agar siz tennisni yaxshi ko‘rsangiz, hech qachon mahalliy musobaqalarga tashrif buyurib, murabbiy yoki do‘stlaringiz bilan o‘ynash imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.  

  • “O‘zbekiston” – Davlat tennis klubi (DTK) Manzil: General Xo‘jayev ko‘ch., 1 A (Yunusobod tumani), Bodomzor metro bekati. Tel: (+998) 71-234-3285
  • Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi (RTSHOR) Manzil: O‘zbekiston, 100125, Toshkent, MIRZO ULUG‘BEK TUMANI, Yalang‘och massivi. Telefon: (+998) 71-208-94-96 
  • “Yoshlik” sport-sogʻlomlashtirish majmuasi (“VIP Service NBU” UP Center) Manzil: Oʻzbekiston, Toshkent sh., MIRZO-ULUGʻBEK TUMANI, koʻch. Oqqo‘rg‘on, 16. Telefon: +998712689810 
  • “Xadra Tennis Klubi” Manzil: O‘zbekiston, 100021, Toshkent, SHAYXONTOHUR TUMANI, Zarkaynar ko‘ch., 1. Telefon: +998712441446

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring