TXTY-2022

Time Out: 2022-yilda dunyoning 22 ta eng yaxhi va yangi ko'ngilochar maskanlari

16.12.2021 469

“Time Out” xalqaro hordiq va koʻngilochar internet nashri yaqinda 2022-yilda dunyoning 22 ta eng yaxhi va yangi ko'ngilochar maskanlari roʻyxatini eʼlon qildi.


Ipak yo‘li yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonga sayohat qilish faxrli 10-o‘rinni egalladi.

Muzeylarning muhtasham ochilishidan tortib musiqa, san’at va teatr sohalaridagi yangiliklargacha - xalqaro nashr kelgusi yilda dunyoning istalgan nuqtasida sodir bo‘ladigan eng ajoyib yangiliklarni taqdim etdi.

“Time Out” nashri oxirgi marta dunyo bo‘ylab mashg‘ulotlarning reyting ro‘yxatini 2020-yil boshida chop etgan edi. Ammo COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq keng ko‘lamli o‘zgarishlar madaniy dunyoning hamma harakatini to‘xtatdi va barcha mamlakatlarning global izolyatsiyasini yaratdi.

Xayriyatki vaqt to‘xtab turmaydi va global vaksinatsiya normal hayotga qaytish uchun umid beradi. Time Out mualliflari bu yilning yakunida, yangi muzeylar ochilishidan tortib, to ko‘pchilik o‘tkazib yuborishni istamaydigan yirik konsertlar, teatr tomoshalari va san’at ko‘rgazmalarigacha bo‘lgan, 2022-yilda dunyodagi eng yaxshi 22 ta yangi mashg‘ulotni taqdim qilishdi.

“Time Out” reytingi yetakchilari orasida: afsonaviy fransuz aktyori va musiqachisi Serj Gensburning Parijdagi uy-muzeyiga tashrif buyurish, Budapeshtdagi yangi Sou Fudzimoto Musiqa uyiga (teshik tomi bilan) tashrif buyurish, Melburndagi (Avstraliya) Qirolicha Viktoriya muzeyida Gabriella (Koko) Chanel ko‘rgazmasi va boshqa ko‘plab qiziqarli joylar.

O‘zbekistonda “Time Out” nashri “Afrosiyob” tezyurar poyezdida Toshkentdan Xivagacha shaharlar bo‘ylab sayohat qilib, qadimiy Buyuk Ipak yo‘li muhitiga sho‘ng‘ishni taklif qiladi.

“Kelgusi yilda siz venetsiyalik sayohatchi Marko Poloning O‘zbekiston bo‘ylab, yorqin poytaxt Toshkentdan g‘arbdagi qum bilan qoplangan Xivagacha bo‘lgan afsonaviy yo‘nalishini tezyurar temir yo‘l bo‘ylab kuzatishingiz mumkin bo‘ladi. O‘zbekiston temir yo‘llarining kengaytirilishi 94 ta masjid va 63 ta madrasasi bilan YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Xivaga borishni osonlashtiradi. Va yana nima ajoyib ekanligini bilasizmi? Samarqanddagi Ipak yo‘li muzeyi va Toshkentdagi Davlat san’at muzeyining yangi binosi ham 2022-yilda ochilishi kerak, bu esa betakror mintaqaning boy tarixiga qo‘shimcha oydinlik kiritishi shubhasizdir”, — deyiladi nashrda.

“Time Out” - dunyodagi ko‘ngilochar va madaniy hayotga bag‘ishlangan xalqaro haftalik nashr bo‘lib, 1968-yilda Londonda noshir va publitsist Toni Elliot tomonidan yaratilgan. Bugungi kunda jurnal dunyoning 60 ta shahrida nashr etiladi.

2012-yilda nashrning tiraji 55 ming nusxaga yetdi. Ushbu tirajning katta qismi obuna bo‘yicha tarqatildi, taxminan 10-12 ming donasi kiosklarda to‘liq narxda sotildi, qolgan qismi esa bepul tarqatildi.

Noshirlarning rejalariga reklama daromadlarini keskin oshirish maqsadida biznes modelini oʻzgartirish kiradi – jurnalning hajmini qisqartirish va bir vaqtda tirajini 300 ming nusxaga yetkazish, uning yarmi metro va temir yoʻl vokzallarida bepul tarqatilishi, qolgan qismi esa madaniyat markazlarida va umumiy ovqatlanish bekatlarida tarqatilishi kerak.

Sharxlar

0

O‘z fikringizni qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Kirish orqali siz shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilik bildirasiz

Shuningdek o‘qing