Foto va Video

The Times Kuwait: O‘zbekiston - Markaziy Osiyo durdonasi

123

Yaqinda mashhur “The Times Kuwait” axborot portali O‘zbekistonning boy madaniyati va tarixi timsoli bo‘lgan ajoyib shaharlariga bag‘ishlangan maqolani e’lon qildi. Maqolada Oʻzbekiston, Markaziy Osiyoning durdonasi sifatida, oʻzining merosi va anʼanalarining rang-barangligidan bahra olish istagida boʻlgan sayyohlar uchun noyob imkoniyatlarni taklif etishi ta’kidlab o‘tilgan.

Maqolada O‘zbekiston Toshkentdagi Hazrati Imom maqbarasi kabi tarixiy obidalari, shuningdek, Samarqand, Buxoro va Xiva muhtasham me’morchiligi bilan mashhur ekani qayd etilgan. Bu shaharlar qadimiy sivilizatsiyaning ulug‘vorligini aks ettiribgina qolmay, sayyohlar uchun zamonaviy qulayliklar yaratgan holda, rivojlanishda davom etmoqda.

Bundan tashqari, maqolada O‘zbekistonning turizm infratuzilmasi jadal rivojlanayotgani uni xalqaro sayohatchilar uchun yanada jozibador bo‘lishiga sabab bo‘layotganligiga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, Quvayt bilan rivojlanib borayotgan turizm hamkorligi muhim o‘rin tutishi ta’kidlab o‘tilgan. Bu hamkorlik ikki davlat oʻrtasida madaniy va sayyohlik tashabbuslarini almashish uchun yangi ufqlarni ochadi.

Batafsil bu yerda oʻqing: Explore the jewel of Central Asia through Uzbekistan’s stunning cities

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring