Xavfsizlik va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarning o‘ziga xos jihatlari

Timur Rodrigez bosgchiligidagi “НТВ” telekanali “Попутчик” trevel-shousi ijodiy guruhi O‘zbekistonda

29.05.2024 350

Turizm qo‘mitasi tomonidan Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda O‘zbekistonning turizm salohiyatini Rossiya davlatida keng targ‘ib qilish maqsadida “НТВ” telekanali “Попутчик” trevel-shousi ijodiy guruhining
O‘zbekistonga tashrifi tashkil etildi.

Ma’lumot uchun: 

2023-yilning dekabr oyida Turizm qo ‘mitasi ko'magida ‘'НТВ” telekanalining “Попутчик” dasturida shoumen Timur Rodrigez tomonidan O'zbekistonning madaniyati va turizm salohiyatiga bag‘ishlangan 52 daqiqalik reportaj namoyish etilgan. “Попутчик” teledasturining ilk taqdimot soni mamlakatimiz poytaxti va Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylarida tasvirga olingan. (https://www.ntv.ru/peredacha/Poputchik/m99940/o748384/).

“Попутчик” trevel-shousi va Rossiya tomoshabinlarining O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishini inobatga olgan holda, mazkur teledasturning ikkinchi mavsumi yurtimizning Toshkent va Buxoro viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrida tasvirga olish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur loyiha O‘zbekiston bo‘ylab joy yilning 26 - 30-may kunlarida Rossiyaning mashhur teleboshlovchisi, shoumen va musiqachi Timur Rodrigez boshchiligida tasvirga olinmoqda.

Loyihaga O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi mas’ul hodimlari hamrohlik qilmoda.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing