Foto va Video

Tojikistonning nufuzli telekanalida O‘zbekistonning turizm salohiyati targ‘ib qilinmoqda

26.07.2023 396

2023-yilda O‘zbekistonga 7 mln. xorijiy turistlarni jalb qilish bo‘yicha tasdiqlangan Chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish maqsadida joriy yilning 5-iyulidan boshlab Dushanbe HD telekanalida O‘zbekistonning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan videoroliklar namoyishi yo‘lga qo‘yildi. Mazkur videoroliklar orqali mamlakatimizning go‘zal tabiati, qadamjolari, zamonaviy me’morchilik durdonalari, tarixiy yodgorliklari hamda  gastronomik va ziyorat turizmi imkoniyatlari haqidagi  kadrlar qardosh Tojikiston xalqiga taqdim etilmoqda.

Madaniyat va turizm vazirligi, “Milliy PR-markazi” DUK hamda  O‘zbekistonning Tojikistondagi Elchixonasi tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan ushbu targ‘ibot kampaniyasi doirasida Tojikistonning nufuzli telekanali bilan joriy yilning oxiriga qadar shartnoma imzolangan bo‘lib, har kuni kechki vaqtlarda ikki marotaba O‘zbekistonning turizm imkoniyatlarini targ‘ib qiluvchi videoroliklar efirga uzatiladi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing