Foto va Video

Toshkent mehmonxona xo‘jaligi texnikumi

28.08.2020 4301

Toshkent shahrida Yashnobod tumanida joylashgan, “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universiteti huzuridagi Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi Sizlarni quyidagi yo‘nalishlarda o‘qishga taklif qiladi.

✅Turizm (tarmoqlar bo’yicha);

✅Mehmonxona xo‘jaligini tashkil qilish va boshqarish;

✅Umumiy ovqatlanish korxonalari mutaxassisi;

✅Umumiy ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish;

✅Buxgalteriya hisobi va audit;

✅Menejment;

✅Marketing.

Ta’lim maskanida o‘qish davomiyligi 2 yil.

Ta’lim dargohini tamomlaganlar ish bilan ta’minlanadi.

Eng muhimi, texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar turizm sohasida  bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz oliy ta’lim muassasalarida 2-kursdan o‘qishni davom ettirish huquqiga ega bo‘ladilar. Buning uchun faqatgina yakka tartibdagi suhbattan o’tish talab etiladi.

Yana bir imkoniyat, 2020/2021 o‘quv yilida qabul qilingan talabalar, istisno tariqasida, davlat granti asosida o‘qitiladi.

Manzilimiz: 

Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Taraqqiyot ko‘chasi, 2-muyulish 1-uy

Telefon raqami: +99871 289-40-30, +99890 354-88-66

Elektron pochta manzili: yashnobod.edu@uzbektourism.uz

Telegram kanali:  https://t.me/Tmxkhk1

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing