Joriy yilning 5-iyul kuni O‘zbekiston delegatsiyasi mamlakatimiz turizm brendini aks ettiruvchi maxsus logotiplar bilan qoplangan avtomobillarda Parijga yo‘l oldi.
Tantanali kuzatuv marosimida Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev, Sport vaziri Adham Ikramov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Kasimov, OAV vakillari ishtirok etdilar.
26-iyul sanasidan 11-avgustiga qadar aynan Fransiya poytaxti Parij shahrida to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasi 33-yozgi Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Dunyoning 200 dan ortiq mamlakatlari qatorida O‘zbekistonning yengilmas sportchilari ham ushbu musobaqada g‘oliblik uchun kurash olib boradilar.
Abdurahmon Fozilov sardorligidagi blogerlar jamaosi tomonidan mazkur avtoprobeg loyihasi doirasida bir necha o‘n ming kilometrlik masofa davomida xorijliklar uchun beqiyos mamlakatimizda sayyohlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, yurtimizning turizmi haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, o‘n million nafardan ortiq kuzatuvchisiga ega bo‘lgan blogerlarimizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali o‘nlab qiziqarli mediakontentlar tayyorlanishi rejalashtirilgan.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh