Eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizning Telegram kanalimizga obuna bo‘ling.
22 avgust kuni Turizm qo‘mitasi binosi oldida Parijdan Toshkent shahriga qaytib kelgan O‘zbekiston delegatsiyasini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimni ochar ekan, Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev bugungi kunda mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotganini va asosiy maqsad O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlar sonini ko‘paytirish ekanligini ta’kidladi.

O‘z navbatida Abdurahmon Fazilov ushbu tashabbus uchun Turizm qo‘mitasiga minnatdorchilik bildirib, butun dunyo muxlislarida O‘zbekistonga katta qiziqish borligini aytib o‘tdi.

Abdurahmon Fazilov boshchiligidagi bir guruh blogerlar Fransiya poytaxti Parijda bo‘lib o‘tgan 33-yozgi Olimpiya o‘yinlarida sportchilarimiz g‘alabalari guvohlari bo‘lib, butun dunyodan millionlab muxlislar va sayyohlar orasida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini keng targ‘ib qildi.
Maxsus milliy logotiplar bilan qoplangan avtomashinalarida o‘n milliondan ortiq obunachiga ega bo‘lgan blogerlar Toshkentdan Parijgacha va orqaga 47 kun ichida Qozog‘iston, Rossiya, Gruziya, Turkiya, Gretsiya, Italiya, Shvetsariya, Fratsiya, Belgiya, Germaniya, Latviya davlatlarini kesib, qariyb 15 ming kilometr masofani bosib o‘tdilar.
Blogerlar ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali o‘nlab qiziqarli media-kontentlarni tayyorlab, joylashtirdilar, xorijliklar orasida mamlakatimizda sayyohlar uchun yaratilgan noyob imkoniyatlar bilan tanishtirish orqali O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini keng targ‘ib etdilar.
Xususan, safar davomida birgina Abdurahmon Fazilovning sahifasida joylashtirilgan kontentlarni ko‘rish 240 mln.dan ziyod, sahifalarni qamrab olish esa 21 mln.dan oshdi.
Yana bir bloger Asal Saparbayevaning birgina “O‘zbek Tandiri” aks etkan videolavhasi 50 mln.dan ko‘p tomosha qilindi.

Ta’kidlash joizki, bunday loyihalar mamlakatimizni jahon miqyosida tanitishga, mamlakatimiz turizmini yanada rivojlantirishga va O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlar sonini ko‘paytirishga salmoqli hissa qo‘shib kelmoqda.

Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Sh
Har qanday savol uchun
ПОЛЬЗОВАТЕЛЬСКОЕ СОГЛАШЕНИЕ
1. Определение
Настоящее Пользовательское соглашение (далее — Соглашение) является Публичной офертой в соответствии со статьёй 367 Гражданского кодекса Республики Узбекистан от 21.12.1995 (https://lex.uz/ru/docs/111181#162763) и регулирует порядок использования материалов и Сервисов сайта Государственного унитарного предприятия «Национальный PR-центр» (далее — Предприятие), размещённого на веб-сайте и поддоменах Национального Туристического Информационного Центра: https://uzbekistan.travel/ (далее — Сайт).
Посетитель и (или) Пользователь подтверждает, что ознакомлен, полностью и безоговорочно принимает все условия настоящего Соглашения и обязуется их соблюдать.
Использование Сайта Пользователем означает полное принятие данного Соглашения «как есть» в форме акцепта.
Соглашение вступает в силу с момента посещения любой страницы Сайта и (или) регистрации на Сайте и действует бессрочно во время пользования Сервисами Сайта.
Настоящее Соглашение обязательно для исполнения всеми Посетителями и Пользователями без каких-либо изъятий и дополнительных согласований.
Пользователь обязуется самостоятельно проверять актуальную редакцию Соглашения на Сайте перед использованием Сервисов.
2. Предмет Соглашения
Предметом настоящего Соглашения являются правила использования материалов Сайта и предоставление Посетителю и (или) Пользователю возможности использования Сервисов Сайта.
Предприятие является правообладателем исключительных прав на Сайт в целом и на его составные части, включая все виды контента: логотипы, товарные знаки, тексты, статьи, аннотации, иллюстрации, фотографии, графику, аудио- и видеофайлы, пользовательские интерфейсы, дизайн, структуру, программы, базы данных.
Я прочитал(а) и соглашаюсь с условиями использования сайта и политикой конфиденциальности.