Toshkent qo‘ng‘iroqlarining ajoyib tarixi

5259

Toshkent qo‘ng‘iroqlari – shaharning abadiy timsollaridan biridir. Bu eski markazning chiroq yog‘dulari bilan mutanosib manzaraning muhiti bilan bog‘liqdek go‘yo. Birinchi soat minorasi urushdan keyingi yillarda qurilgan bo‘lib, hozirda har 15 daqiqada soat bong urushi Ikkinchi jahon urushi janglarida halok bo‘lganlar xotirasiga bag‘ishlanadi.

Sovet qo‘shinlarining hujumi paytida Sharqiy Prussiyadagi kichik shaharchada soatning o‘zi shahar hokimiyatidan olib tashlangan. Bu g‘oya asli toshkentlik Aleksandr Eyzenshteynga tegishli bo‘lib, u soatsoz bo‘lgan va binoni portlatilishidan oldin soatni saqlab qolish buyrug‘iga ishontirgan. Keyinchalik Eyzenshteyn soatni ta’mirladi va me'mor Muhamedshin uning uchun minora qurish loyihalari tanlovida g‘olib chiqdi. Bino markaziy maydonga joylashtirildi.

Usta Shirin Murodovning iste’dodi ila yasalgan an’anaviy ganch o‘ymakorligi minoraga sharqona fayz bag‘ishlagan holda binoni bezab turibdi.

Butun umri davomida Aleksandr Eyzenshteyn qo‘ng‘iroqlar qo‘riqchisi bo‘lib, mexanizmni ta’mirlagan va ishchan holatda saqlagan. Jumladan, 1966-yildagi zilziladan keyin, tizimga jiddiy zarar yetganida, uning xotirasiga bag‘ishlab minora tepasiga Toshkent qo‘ng‘iroqlari tarixiga qo‘shgan hissasiga bag‘ishlangan lavha o‘rnatildi.

Ikkinchi, egizak minora faqat 2009-yilda keyingi rekonstruksiya paytida qurilb bitkazilgan.


Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring