2024-yilda Toshkent MDH yoshlar poytaxti bo‘ladi, Samarqand esa – Hamdoʻstlikning madaniy poytaxti, bu haqda 14-aprel kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ma’lum bo‘ldi.
Uchrashuvda Hamdoʻstlik doirasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada faollashtirish, dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan konstruktiv fikr almashildi.
Shuningdek, yig‘ilishda MDHga a’zo davlatlarning ko‘p bosqichli tashqi ishlar vazirliklariaro maslahatlashuvlari rejasi va 2022-yilda Hamdo‘stlikka a’zo davlatlar tashqi siyosat boshqarmalari o‘rtasidagi sheriklikni kengaytirish bo‘yicha harakatlar dasturi ijrosi yuzasidan axborot tinglandi.
Bundan tashqari, Hamdoʻstlikka aʼzo davlatlarning Hukumat rahbarlari kengashi va Davlat rahbarlari kengashi koʻrib chiqishi uchun kiritilgan hujjatlar loyihalari, jumladan, Samarqand shahrini Hamdoʻstlikning madaniy poytaxti, Toshkent shahrini esa MDHning 2024-yilgi yoshlar poytaxti deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi loyihalar ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi.
MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisini 2023-yil oktyabr oyida Bishkek shahrida o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh