Foto va Video

Toshkent VI an’anaviy gidlar forumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

14.02.2023 483

21-fevral kuni Toshkentdagi “Radisson Blu” mehmonxonasida Xalqaro gidlar kuni munosabati bilan VI an’anaviy “O‘zbekiston gidlar forumi – 2023” bo‘lib o‘tadi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi hamda Madaniy meros obyektlarini o‘rganish va turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tashkil etiladi.

An’anaviy forum respublika bo‘ylab ekskursiya faoliyati sohasidagi mutaxassislarni birlashtiradi va fikr almashish, bahsli masalalarni hal qilish hamda yangi ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish uchun ajoyib maydon bo‘lib xizmat qiladi.


Yillik forumning asosiy mavzusi “Ekskursiya faoliyati: hamkorlik va innovatsiyalar” deb nomlanadi.

“O‘zbekiston gidlari forumi – 2023” hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirish uchun o‘ziga xos turtki bo‘lib, ekskursiyalar hamjamiyatiga innovatsion texnologiyalar va yangi ta’lim loyihalarini taqdim etadi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing