Foto va Video

Toshkent viloyatida "Chimgan challenge-2022" xalqaro sport festivali bo'lib o'tadi

848

16-18 fevral kunlari Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanida "Chimgan challenge-2022"qishki ekstremal va ommaviy sport festivali bo'lib o'tadi.

Festival ishtirokchilari Bo'stonliq tumanidagi eng yirik yoshlar oromgohida, Chimyon qishlog'idagi "Yoshlar oromgoxi"da joylashadi, bu yerda musobaqa ishtirokchilari uchun asosiy sport maydonchalari tashkil etiladi.

Ishtirokchilarni iliq kutib olish uchun tashkilotchilar tomonidan zamonaviy va milliy musiqa-folklor jamoalarini jalb qilish rejalashtirilgan.

Musobaqada ishtirokchilar xavfsizligi va salomatligini ta'minlash uchun festival yo'nalishlari va sport maydonlarida tegishli idoralar jalb etiladi.

Festival tashkilotchilari: Turizm va sport vazirligi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi, Qishki va murakkab texnik sport turlari bo'yicha respublika oliy sport mahorati maktabi va Qishki sport turlari assotsiatsiyasi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring