Foto va Video

Toshkentda anʼanaviy taekvon-do boʻyicha Oʻzbekiston kubogi bahslari boʻlib oʻtadi

1216

4-5-dekabr kunlari Toshkent shahrida an’anaviy taekvon-do bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Musobaqalar O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021-yilga mo‘ljallangan Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasiga muvofiq o‘tkaziladi.

Tadbir yakuniga ko‘ra, mamlakatimizning barcha viloyatlaridan kelgan sportchilar o‘rtasida 472 ta diplom (1-o‘rin uchun 188 ta, 2-o‘rin uchun 118 ta va 3-o‘rin uchun 236 ta) o‘ynaladi.

O‘zbekistonning an’anaviy taekvon-do federatsiyasi 2005-yilda tashkil etilgan. O‘sha yilning o‘zida tashkil etilgan tashkilot Xalqaro taekvon-do federatsiyasiga (International Taekwon-Do Federation (ITF) to‘liq a‘zo bo‘ldi.

Har yili Federatsiya tomonidan bolalar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati hamda O‘zbekiston kubogi musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda. Ushbu musobaqalarda yosh toifasidan kelib chiqib, Qoraqalpog‘istondan va O‘zbekistonning 8 viloyatidan sportchilar ishtirok etmoqda.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring