Foto va Video

Toshkentda - “Everest” cho‘qqisini zabt etgan O‘zbekistonlik sportchi taqdirlandi

08.06.2021 2708

2021-yil 1-iyun kuni (Toshkent vaqti bilan 16:45, Nepal vaqti bilan 17:30) O‘zbekiston fuqarosi Sergey Denisenko birinchi marta, dengiz sathidan 8848 metr yuqori bo‘lgan, sayyoramizning eng baland nuqtasi “Everest” (Jomalungma) cho‘qqisini zabt etidi va mamlakatimiz bayrog‘ini o‘rnatdi.

Ekspeditsiya a’zolari ta’kidlashicha, bu tog‘ning Nepal tomondan o‘zbeklarning birinchi ko‘tarilish edi.

Ushbu mavsumda mintaqada juda g‘ayritabiiy va beqaror ob-havo kuzatildi. Ekspeditsiyaning o‘zi taxminan 2 oy davom etdi. Sayyoramizning eng baland nuqtasiga o‘zbek ekspeditsiyasining ko‘tarilishi respublika mustaqilligining 30 yilligiga to‘g‘ri keldi.

Kecha mahalliy vaqt bilan 20:45da Nepaldan samolyot Toshkentga qo‘ndi. Toshkent xalqaro aeroportida milliy qahramonni Turizm va sport vazirligi vakillari va o‘zbek alpinistining oila a’zolari kutib olishdi.

Sergey Denisenko boshchiligidagi o‘zbek ekspeditsiyasining ko‘rsatgan ishlari befarq qolmadi va bugun Prezident farmoni bilan sportchiga “O‘zbekiston iftixori" faxriy unvoni berildi. Medalni Prezidentning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha maslahatchisi- Abdujabbar Abduvaxitov topshirdi."Men ushbu g‘alabani O‘zbekiston xalqiga bag‘ishlayman, men o‘z mamlakatimdan va shu erda yashayotganimdan juda faxrlanaman", dedi Sergey Denisenko tadbir davomida.
Shuningdek, Sergey Denisenkoga mamlakat Prezidentining sovg‘asi – “Chevrolet Trailblazer” taqdim etildi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing