Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

Toshkentda “HoReCa Expo Uzbekistan 2025” xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkaziladi

16.09.2025 136

O‘zbekiston Mehmonxonalar uyushmasi Turizm qo‘mitasi ko‘magida 2025-yil 21-23-oktyabr kunlari “O‘zekspomarkaz”da “HoReCa Expo Uzbekistan” xalqaro ko‘rgazmasi tashkil etiladi.

Ko‘rgazmada mehmonxonalar, restoranlar, umumiyov qatlanish va savdo korxonalari uchun zamonaviy texnologiyalar va uskunalar namoyish etiladi.

HoReCa Expo Uzbekistan mehmonlariga oshxona jihozlari,mahsulotlar va ichimliklar, mebel, to‘qimachilik, IT-yechimlar, xavfsizlik tizimlari va boshqa ko‘plab yechimlarning to‘liq spektri taqdim etiladi.

Ko‘rgazmaning asosiy “Servis va qulaylikka sarmoya kiritish: HoReCa uchun biznes yechimlar” mavzusi doirasida “Mehmonxonalar arxitekturasi va dizayni kelajagi: Barqarorlik, texnologiya, qulaylik”, “Raqamli mehmonxona: G‘amxo‘rlik qiladigan texnologiyalar”, “Xizmat ko‘rsatish va qulaylikka investitsiyalar: HoReCa uchun biznes yechimlari”, “Gastro Hotel Forum Tashkent 2025 Pazandachilik trendlari, oziq-ovqat dizayni, gastronomik marketing” va “Yoshlar uchun vakansiyalar: Mehmondo‘stlik sohasidagi martaba va rivojlanish” mavzularida sessiyalar o‘tkaziladi.

Ko‘rgazma ishtirokchilari va mehmonlari mehmondo‘stlik sanoatidagi so‘nggi tendensiyalar bilan tanishish, B2B va B2C formatidagi tashkil etiladigan uchrashuvlar doirasida bozorning asosiy vakillari, yangi yetkazib beruvchilar, hamkorlar va investorlar bilan aloqa o‘rnatish, xalqaro ekspertlarning mahorat darslari va seminarlarida ishtirok etish hamda HoReCa sohasidagi so‘nggi yangiliklarni kashf etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Shuningdek, oʻqing