Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

Toshkentda Milliy qo‘g‘irchoqlar festivali o‘tkaziladi

01.06.2022 1573

1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Toshkent shahar, Navro‘z bog‘ida “Milliy qo‘g‘irchoqlar festivali” bo’lib o’tadi.

Tadbir Turizm va madaniy meros vazirligi hamda O‘zbekiston Sotsial turizm assotsiatsiyasi hamkorligida o‘tkazilmoqda.

Festivalda 100 nafar alohida ehtiyojli va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun xayriya tadbirlari, madaniy dasturlar va ko‘ngilochar tomoshalar tashkil etiladi.

“Milliy qo‘g‘irchoqlar festivali” doirasida O‘zbekistonning barcha hududlaridan kelgan hunarmand ustalar ishtirokida “Qo‘g‘irchoqlar bayrami” nomi ostida ko‘rgazma-yarmarka bo‘lib o‘tadi.

Yarmarka 1-iyun kuni soat 10:00 dan 20:00 gacha davom etadi.

Bolalar tomoshalari soat 18:00 dan boshlanadi.

Toshkent shahar aholisi va poytaxt mehmonlarini bolalar bilan birgalikda ushbu festivalga taklif qilamiz!

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar