Yangi yil sport bilan. Toshkentda OAV vakillari o‘rtasida badminton bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tadi

1441

Badminton eng ommabop, arzon va quvvat sarflatuvchi sport turidir. Ko‘pincha odamlar uchun oilaviy hordiq badminton o‘yinisiz unchalik ham to‘liq bo‘lmaydi. Agar siz sezilarli darajada vazn yo‘qotmoqchi bo‘lsangiz va ta'tilda bo‘sh vaqtingizni foydali o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz, badminton o‘yini sizga qo‘l keladi. O‘yinning mohiyati, maxsus raketkalar yordamida badminton volanini uloqtirish hisoblanadi.

Ushbu qiziqarli sport turi birinchi marta Hindistonda o‘ylab topilgan bo‘lib, u “puna” nomi bilan mashxur bo‘lgan. Vaqt o‘tishi bilan, dengizchilar bu o‘yinni Angliyaga olib kelishdi, u yerda o‘yin asta-sekin mashhurlikka erisha boshladi.

Ammo bugungi kenga kelib hamma o‘ynashga odatlangan zamonaviy badmintonning paydo bo‘lishida biz ingliz gertsogi Bofortdan minnatdormiz. 1973-yilda Bofort gersogi xizmat safaridan (Hindiston) o‘zining “Badminton-house” qasriga qaytib, o‘zi bilan puna o‘yinini olib keldi.

Ko‘p o‘tmay, Badminton House o‘yinini ishlab chiqish va tarqatish markaziga aylandi, shu munosabat bilan u hozirgi “Badminton” nomini oldi.

O‘zbekistonliklar ham badminton o‘ynashni hush ko‘radilar. 2011-yil 26-avgustda O‘zbekiston badminton federatsiyasi tashkil etildi. Oʻsha yilning sentabr oyida Milliy federatsiya Butunjahon badminton federatsiyasi va Osiyo badminton konfederatsiyasiga aʼzo boʻldi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi VMQ-735-sonli qaroriga muvofiq joriy yilning 25-dekabr kuni Toshkent shahrida badminton bo‘yicha mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari vakillari va badminton federatsiyasi a’zolari o‘rtasida ochiq musobaqa o‘tkaziladi.

Tanlov natijalariga ko‘ra ishtirokchilar va g‘oliblar I, II va III darajali diplomlar hamda medallar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.

Tadbir tashkilotchilari: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston badminton federatsiyasi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring