2021-yilning 18-noyabr kuni poytaxtdagi Alisher Navoiy nomidagi Cinema Palace, Kino saroyida (sobiq Panorama kinoteatri) “O‘zbekiston shaxmat olami” hujjatli filmining premyerasi bo‘lib o‘tadi.
Film taniqli jurnalist Boris Babayev ssenariysi asosida Turizm va sport vazirligi hamda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi ko‘magida Denis Kodzaev tomonidan suratga olingan.
Filmda O‘zbekiston shaxmatining ajoyib tarixi, uning jahon shaxmat sporti rivojiga qo‘shgan hissasi, buyuk o‘zbek grossmeysterlarining jahon shaxmat arenasidagi o‘rni haqida so‘z boradi.
Tadbirda o‘zbekistonlik va xalqaro grossmeysterlar, O‘zbekiston kinosi vakillari, shaxmat bo‘yicha havaskor sportchilar ishtirok etadi.
Film premyerasida quyidagi telefon raqamlari orqali roʻyxatdan oʻtgan holda ishtirok etishingiz mumkin: (95) 1962107, (95) 19321021.
Tadbirga kirish bepul. O'rindiqlar soni cheklangan.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh