Foto va Video

Toshkentda “O‘zbekiston yoshlar forumi – 2021” bo‘lib o‘tadi

2299

18-25 dekabr kunlari Toshkent Kongress-xollda “O‘zbekiston yoshlar forumi – 2021” bo‘lib o‘tadi.

Forumdan ko‘zlangan maqsad g‘oyalar va yosh startaplar uchun maydon yaratish, O‘zbekistondagi zamonaviy yoshlarning ilmiy va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, mamlakatni yangilashda faol ishtirok etish imkonini berishdan iborat.


Forum 4 ta asosiy yoʻnalishda oʻtkaziladi:

- fan va ta’limni rivojlantirish

-yoshlarni ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish

-5 ta tashabbusni amalga oshirish (madaniyat va san’at, sog‘liqni saqlash va sport, IT va zamonaviy texnologiyalar, kitobxonlik, ayollarni qo'llab-quvvatlash)

-yoshlar muammolari va global muammolar

Forum dasturi: mamlakatning yetakchi davlat siyosatchilari bilan norasmiy uchrashuvlar, xotin-qizlar forumi, O‘zbekistonning ekologik muammolari va boshqa ko‘plab tadbirlar.

“O‘zbekiston yoshlar forumi – 2021” doirasida viloyat va shahar markazlari, chekka tumanlarda tajribali tadbirkorlar ishtirokida “Biznes marafon” loyihasi amalga oshirilmoqda. Tadbir Toshkent va Navoiy viloyatlari hokimliklari, Yoshlar masalalari agentligi, “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi hamda “Mfaktor”, “TOMPSON” kompaniyalari vakillari hamkorligida tashkil etildi.

Toshkent yoshlar forumida ishtirok etish boʻyicha oʻz takliflaringizni https://bit.ly/3GboFtY havolasiga yuborishingiz mumkin.
Kirish faqat ro'yxatdan o'tish orqali amalga oshiriladi, ishtirokchilar soni cheklangan, telegram bot orqali ro'yxatdan o'tishga shoshiling- https://t.me/toshkent21bot?start=1


Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring