Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi mahalliy va xorijlik sayyohlar xavfsizligini taʼminlash maqsadida volontyorlarni jalb qilishni boshladi.
Boshqarma tomonidan volontyorlar poytaxtning diqqatga sazovor joylariga tashrif buyuradigan xorijlik va mahalliy sayyohlar xavfsizligini ta’minlash uchun hamkorlikka taklif etilayotgani ma’lum qilindi. Bundan tashqari, ko‘ngillilar turistik obyektlar va infratuzilma hududlarida jamoat tartibini muhofaza qilish bilan shug‘ullanadi.
Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasining jamoatchi yordamchisi vazifalarini bajarishni xohlovchilarga qo‘yiladigan talablar:
-Yoshi 18 yoshdan 45 yoshgacha;
- vazifalarni bajarishga imkon beruvchi salomatlik va jismoniy tayyorgarlik darajasi;
- muqaddam sudlanmaganlik;
- Ichki ishlar organlarida profilaktik nazoratda turmaslik;
- chet tillarini bilish (ingliz va rus tillarini bilish afzalroq);
- yashash joyidan va ta’lim muassasasidan ijobiy tavsifnomaning mavjudligi.
Ma’lumot uchun (+99899) 010-92-42 va (+99891) 913-14-49 telefon raqamlari orqali murojaat qilish mumkin.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh