Toshkentda shaxmat bo‘yicha “Prezident kubogi” bo‘lib o‘tadi

231

Joriy yilning 10-noyabrdan 19-noyabrga qadar Toshkent shahrida “Prezident kubogi” xalqaro turniri o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Musobaqalar O‘zbekiston Respublikasining Prezidentning 2021 yil 14 yanvardagi «Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida 2021 yildan boshlab har yili anʼanaviy tarzda Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro shaxmat turnirini o‘tkazish belgilangan.

Turnir shveysarcha tizimda ikki bosqichda — guruh bosqichi, yarim final (onlayn) va final (7 tur, taxtada) hamda asosiy bosqich (10 tur)da o‘tkaziladi.

“Prezident kubogi” xalqaro shaxmat turnirida 2021-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, FIDE reytingida1800 ball va undan yuqori bo‘lgan erkaklar, FIDE reytingi 1600 va undan yuqori bo‘lgan ayollar ishtirok etishi mumkin.

Musobaqaning umumiy sovrin jamg‘armasi 120 000 dollarni tashkil etadi va bu O‘zbekiston tarixida eng yuqori sovrin jamg‘armasiga ega shaxmat turniri sifatida tarixga kirishi maʼlum qilingan.

“Prezident kubogi” xalqaro shaxmat turnirida taniqli shaxmatchilar, xalqaro grossmeysterlar Syugirov Sanan (Rossiya), Ponkratov Pavel (Rossiya), Qosimjonov Rustam (O‘zbekiston), Sargsyan Shant (Armaniston), Niyemann Hans (AQSH), KoballiaMixail (Rossiya), Gayemmagami Ehson (Eron), Moisenko Oleksandr (Ukraina), Sitnikov Anton (Ukraina), Dmitrenko Viktor (Ukraina), Zarubiski Viachaslau (Belarus), Mishchuk Dmitro (Ukraina), Zvyaginsev Vadim (Rossiya), Matlakov Maksim (Rossiya), Chigayev Maksim (Rossiya). Shuningdek, musobaqaga quyidagi xalqaro hakamlar ham taklif etilgan: Rajai Alsusi (Falastin), Kriukov Mixail (Rossiya), Poley Vladimir (Belarus), Vardapetyan Ashot (Armaniston), Yunusov Ilhom (Tojikiston), ishtirok etish istagini bildirgan. Avvalroq O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar Jahon chempionati saralash turnirida ishtirok etayotgani xabar qilingan. Shuningdek, BAAda mukofot jamg‘armasi 60-ming dollarni tashkil etuvchi shaxmat turniri boshlangandi.


Sharxlar

0

O‘z fikringizni qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Kirish orqali siz shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilik bildirasiz

Shuningdek ko‘ring