Toshkentda shotokan-karate bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tadi

246

Sharq yakkakurashlari orasida karate kabi noyob va ommaviy jang san’ati turi bo‘lmasa kerak. Yaponiyani va uning madaniyatini karate-do va sumosiz tasavvur qilish qiyin. Insonlarning ushbu ajoyib Kunchiqar mamlakat to‘g‘risidagi ilk tasavvuri ular bilan bog‘liq.

Karate ham turli xil sharq yakkakurashlari kabi o‘z maktablari va yo‘nalishlariga ega. Ular orasida shotokan-karate ayniqsa mashhurdir.

Shotokan - yapon karatesining klassik uslublaridan biri bo‘lib, unga XX asrning 30-yillarida mohir usta Funakoshi Gitin tomonidan asos solingan.

Shotokan uslubi Syuri-te texnikasiga asoslangan bo‘lib, u yaqin masofadan jang qilish usuli va oyoqda asosan pastdan berilgan zarbalar bilan ajralib turadi. Keyinchalik, jang texnikasi Funakoshi shogirdlari tomonidan to‘ldirildi, u yuqori darajadagi zarbalar texnikasini, o‘rta masofada jangovar harakatlar olib borishni o‘z ichiga oldi va natijada o‘z mukammalligiga erishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021-yilga mo‘ljallangan ommaviy sport tadbirlarining kalendar rejasiga muvofiq, turli xildagi yakkakurashlarni aholi o‘rtasida ommalashtirish maqsadida, 17-19-dekabr kunlari Toshkent shahrida shotokan-karate-do bo‘yicha O‘zbekiston kubogi uchun musobaqalar boʻlib oʻtadi.

Musobaqada 378 ta medal va diplomlar jamlanmasi o‘ynaladi.

O‘zbekiston Shotokan-karate-do assotsiatsiyasi O‘zbekiston kubogi musobaqalarining asosiy tashkilotchisi hisoblanadi.

Sharxlar

0

O‘z fikringizni qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Kirish orqali siz shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilik bildirasiz

Shuningdek ko‘ring