Foto va Video

Toshkentda Sport musobaqalari g'oliblarini O‘zbekiston OTMlariga qabul jarayoni muhokama qilindi

535

Hozirda O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalariga qabul davom etayotgan bir vaqtda sport musobaqalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchi yurtdoshlarimizga taaluqli yangilikni Turizm va sport vazirligi hamda Oliy ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyul sanasidagi “O‘quv yilida O‘zbekiston respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-5157-sonli Prezident qarorini ommaga yetkazish maqsadida jurnalistlar uchun tashkil etilgan matbuot anjumanida Turizm va sport vazirligi vazir o‘rinbosari Abdulaziz Aqqulov, Oliy ta’lim vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining fan va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari Raximjon Xakimov jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.

Jurnalistning sportchilarning aynan qaysi ta’lim shakllariga abituriyentlar hujjat topshirishlari mumkin degan savoliga Turizm va sport vazirligi vazir o‘rinbosari Abdulaziz Aqqulov, “2021/2022 o‘quv yilidan boshlab, Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari va jahon chempionatlarida oxirgi uch yilda g‘olib va sovrindor (1-3-o‘rin) bo‘lgan sportchi-o‘quvchilar davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllariga qo‘shimcha davlat granti asosida kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi” deya to‘liq javob berdi.

Javobga qoshimcha qilib “Bunda, Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari va jahon chempionatlarida g‘olib va sovrindor (1-3-o‘rin) bo‘lgan sportchi-o‘quvchilar qabul qilinadigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati Turizm va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning asoslantirilgan takliflariga muvofiq Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi hamda Turizm va sport vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi”.

Eslatib o‘tamiz, davlat grantidan sportchilar faqatgina sport yo‘nalishi bilan bog‘liq oliy ta’lim muassalariga hujjat topshirgan holdagina foydalanishlari mumkin.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring