Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

Toshkentda “Uzbek Jewellery Fair–2025” xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkaziladi

292

Yurtimizga tashrif buyuruvchi sayyohlarni O‘zbekistonning boy madaniyati, an’anaviy hunarmandchilik va zamonaviy dizaynerlik mahorati bilan yaqindan tanishish maqsadida 2025-yil 23-25 may kunlari Toshkentdagi “CAEx Uzbekistan” ko‘rgazmalar markazida “Uzbek Jewellery Fair–2025” xalqaro ko‘rgazma-savdosi bo‘lib o‘tadi.

“Uzbek Jewellery Fair–2025” doirasida zamonaviy asbob-uskunalar, texnologiyalar va yuksak sifatli zargarlik buyumlari namoyishi, xalqaro hamkorlik yo‘nalishida rasmiy uchrashuvlar, plenar sessiyalar va mutaxassislar ishtirokida panel muhokamalar tashkil etiladi.

Ko‘rgazmada O‘zbekiston bilan bir qatorda Germaniya, Italiya, Turkiya, Rossiya, Xitoy, Ozarbayjon, Armaniston va Birlashgan Arab Amirliklari kabi mamlakatlardan 70 dan ziyod yetakchi korxonalar ishtirok etishi kutilmoqda. Ular o‘zining eng so‘nggi ishlanmalari va noyob mahsulotlarini namoyish etadilar.

Yana ko'ring