Foto va Video

Toshkentdagi Uspenskiy sobori

1626

Toshkentning deyarli qoq markazida siz ajoyib go‘zallikni –Uspenskiy kafedral soborini ko‘rishingiz mumkin. U Mirobod bozori va Markaziy temir yo‘l vokzali yaqinida joylashgan.

Assumption Cathedral in Tashkent

Bir paytlar katta sobor o‘rnida kichkina cherkov va harbiy qabriston bo‘lgan. U Toshkent harbiy gospitalining hududida qurilgan edi. XIX asr o‘rtalarida ibodatxonani kengaytirishga qaror qilindi va 1879-yilga kelib qurilish ishlari yakunlandi. Ikkinchi Jahon urushi paytida cherkovdan kasalxonaning ehtiyojlari uchun foydalanildi, urush tugaganidan keyin esa sobor qayta ochildi va Toshkentdagi asosiy pravoslav cherkovi etib tayinlandi.

Bugungi kunda Uspenskiy sobori katta majmuadir. U Uspenskiy sobori, Avliyo Luka Krimskiy cherkovi, suv bilan tabarruk qilish, cho'qinish joyi va Diniy seminariyani o'z ichiga oladi. Sobor bir necha bor rekonstruksiya qilindi, xususan, uning gumbazlari va qo‘ng‘iroqli minorasi o‘zgartirildi. Hudud sezilarli obodonlashtirildi va kengaytirildi. Kichkina bog‘da sayr qilib, favvoradan zavqlanishingiz, Toshkent yeparxiyasining 100 yilligi sharafiga tayyorlangan marmar taxtani ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.

Ziyoratchilar va poytaxtiimz mehmonlari majmuaning hayratlanarli go‘zalligini ta’kidlashadi. Soborning asosiy kirish qismi uchtalik arka va tillarang gumbaz bilan bezatilgan. Majmua klassitsizm uslubida qurilgan. Gumbazlar tilla rang bilan bo‘yalgan, majmuaning devorlari ko‘k va oq rangdagi bezaklar bilan qoplangan. Soborning ichida ulkan ko‘p yarusli qandilni ko‘rishingiz mumkin. Xona me‘morlar g‘oyasi tufayli yorug‘ va keng ko'rinadi.

Soborning asosiy muqaddas ashyolari bu qadimgi ikonalar, Rabbiyning Muqaddas Xoch yog‘ochi zarralari solingan sandiq, Kiyev va Pechersk avliyo otalarining yodgorliklari, Muqaddas Uspenskaya Onaning ikonasi, Avliyo Buyuk shahid Panteleimonning ikonasi, "Iverskaya" Muqaddas Onaning ikonasi va avliyo Nikolay Chudotvorets ikonasi va boshqalardan iborat.

Toshkentning bosh pravoslav soborida ibodatlar kuniga ikki marta: ertalab soat to‘qqizda va kunduzi soat beshda amalga oshiriladi.

Xarita

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring