Tourism Expo Japan 2022: O‘zbekiston Osiyodagi eng yirik ko‘rgazmalardan birida ishtirok etmoqda!

22.09.2022 872

To‘rt yildan so‘ng, 2022-yilda Tokioga qaytgan Tourism Expo Japan 2022 ko‘rgazma ishtirokchilariga turizm sohasi mutaxassislari va xaridorlar bilan uchrashish, shuningdek, iste’molchilarga qaratilgan komponentlar bilan tanishish imkoniyatini beradi. Tourism Expo Japan 2022 22-25-sentyabr kunlari Yaponiya poytaxti Tokio shahrida boʻlib oʻtmoqda.  

22-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan O‘zbekistonning Yaponiyadagi Elchixonasi va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi bilan birgalikda tashkil etilgan O‘zbekiston Milliy stendining rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi.  Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduxakimov tabrik so‘zi bilan ishtirok etdi.
“Turizm sohasi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev tomonidan mamlakat milliy iqtisodiyotining strategik yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab berildi. Sohadagi islohotlar natijasida viza rejimi soddlashtirildi, elektron viza joriy etildi, turizm biznesi vakillariga qator imtiyozlar berildi, shu bilan birga, mavjud turistik maskanlaridan tashqari barcha hududlarda yangidan-yangi turistik obyektlar barpo etilmoqda. Qayd etish lozimki, O‘zbekiston va Yaponiya turizm sohasida ulkan salohiyatga ega. Yaponiyaliklarning O‘zbekistonga sayohati tarixi uzoq asrlarga borib taqaladi, zero bu mamlakatning savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar aloqalari Buyuk Ipak yo‘li orqali rivojlangan", - dedi Аziz Аbduhakimov.
 

Ko‘rgazmada, shuningdek, Turizm va madaniy meros vazirligi, “Milliy PR-markazi” DUK, sayyohlik kompaniyalari, “Uzbekistan Airways” milliy aviakompaniyasi va ommaviy axborot vositalari vakillari ham ishtirok etdilar.

Tourism EXPO Japan 2022 - yilning eng yirik tadbirlaridan biri bo‘lib, unga 136 mamlakatdan 200 000 dan ortiq mehmonlar, sayyohlik biznesi mutaxassislari va xususiy tashrif buyuruvchilar tashrif buyurishadi. Ko‘rgazmada 1441 dan ortiq kompaniya va sayyohlik tashkilotlari, jumladan O‘zbekiston Markaziy Osiyo stendi bilan ishtirok etmoqda!

O‘zbekiston sayyohlik salohiyatimizni ko‘rsatish va tanishtirish hamda sayyohlik brendimizni targ‘ib qilish maqsadida milliy va turistik stend bilan qatnashmoqda.

Ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari xorijiy davlatlardan kelgan hamkasblari bilan faol muzokaralar olib bormoqdalar. Milliy stendga tashrif buyurganlar O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida barcha sohalarda amalga oshirilayotgan tub islohotlarga yuksak baho bermoqda. Ayniqsa mamlakatimizda turizm sohasida amalga oshirilayotgan chuqur va jadal o‘zgarishlar xorijiy turoperatorlar va sayyohlik kompaniyalarining e’tiborini tortmoqda.


Turizm sohasi mutaxassislarining fikrlariga ko‘ra , Yaponiya tomonining O‘zbekiston sayyohlik bozoriga qiziqishi yildan-yilga ortib bormoqda. Ko‘rgazmalar jadvali, shuningdek, Tourism Expo Tokyo 2022 ko‘rgazmasi ishtirokchilarining to‘liq ro‘yxati ko‘rgazmaning rasmiy saytiga joylashtirilgan va doimiy ravishda yangilanib turadi.


Ma’lumki, xalqaro ko‘rgazmalar ishlab chiqaruvchilar uchun o‘z brendini bozorda targ‘ib qilishning asosiy vositasi bo‘lib, bu o‘z ko‘rgazma pavilyonlari orqali milliy imijni yaxshilashning ajoyib usuli hisoblanadi. Dunyo miqyosidagi birinchi jahon ko‘rgazmasi 1851-yilda Londonda tashkil etilgan va o‘tkazilgan. Misol uchun, Parijdagi mashhur Eyfel minorasi ham 1889-yilda o‘tkazilgan shunday ko‘rgazmalardan biri ochilishiga qurilgan.К слову, международные выставки являются главным средством продвижения производителями своей торговой марки на рынок, это отличный способ улучшить их национальный имидж благодаря своим выставочным павильонам. Так первая всемирная выставка была организовано и проведена в Лондоне в 1851 году. К примеру, знаменитая Эйфелева башня в Париже тоже была построена к одной из таких выставок, проходившей в 1889 году.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing