Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

“Travel Tomorrow”da O‘zbekiston va Ozarbayjon qo‘shma yo‘nalishi

18.08.2025 389

Mamlakatimizning turizm salohiyatini yanada rivojlantirish va keng targ‘ib qilish maqsadida turizm sohasidagi turli tashabbuslarni yoritish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Xususan, Yevropaning turizm sohasidagi yirik portallaridan biri bo‘lgan “Travel Tomorrow” o‘z sahifasida O‘zbekiston va Ozarbayjonning qo‘shma tashabbusi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 4-aprelda Samarqandda bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo mamlakatlari birinchi sammiti doirasida “Milliy PR-markazi” davlat unitar korxonasi bilan Ozarbayjon Turizm byurosi o‘rtasida tegishli anglashuv memorandumi imzolangan edi. Ushbu hujjat “Buyuk Ipak yo‘li” bo‘ylab yagona sayyohlik yo‘nalishini rivojlantirish va targ‘ib qilishga qaratilgan bo‘lib, ikki mamlakatning asosiy sayyohlik shaharlari va diqqatga sazovor joylarini o‘z ichiga oladi.

Batafsil: https://traveltomorrow.com/azerbaijan-and-uzbekistan-unite-to-launch-promotion-of-the-silk-road-highlights-tour/

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar